Янгиликлар
27
Viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi
Viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi
Tadbirda dastlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan, so‘nggi bir hafta davomida mamlakatimizda va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqeliklarni aks ettirgan videorolik namoyish etildi.
Shuningdek, “Ma’naviyat soati”da viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Alisher Isoqov “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati xususida ma’ruza qildi va ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga javob berdi.