Янгиликлар
26
#ADLIYA_SARHISOB
Xususan, tibbiy muassasa tomonidan bolaning tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnomani taqdim etilishi va bu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga tenglashtirilganligi, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish hamda bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganligi fuqarolar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Shuningdek, birinchi marotaba yoki takroriy tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni olish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish mumkinligi va pochta orqali istalgan manzilga yetkazib berilishi fuqarolarga vaqti va naqdi tejalishiga, ortiqcha ovvoragarchiligini oldini olishga sabab bo‘lmoqda.
Bu esa o‘z navbatida FHDY bo‘limlarida navbatning ko‘payishi oldi olinib, sifatli davlat xizmati ko‘rsatilishida muhim o‘rin egallaydi.
FHDY bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilishda elektron navbatlar yo‘lga qo‘yilib, ularga qisqa vaqtda va sifatli davlat xizmati ko‘rsatilib borilmoqda.
Joriy yil davomida 200 ga yaqin onlayn berilgan arizalar asosida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, o‘z manzillarga yetkazib berildi.
Tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan joriy yilda fuqarolar talabiga asosan boshqa hududlarda rasmiylashtirilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha eskterritorial tarzda 3300 ga yaqin davlat xizmati ko‘rsatildi.
FHDY bo‘limlari tomonidan erta nikoh va oilaviy ajrimlarni olini olish yuzasidan mahallalarda sayyor qabullar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, oila muqaddasligi, er va xotin huquq va majburiyatlari, bolalar huquqlari va ularning tarbiyasidagi mas’uliyat, tibbiy ko‘rik ahamiyati xususida tushuntirishlar berib borilmoqda.
Uyma-uy yurgan holda o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan guvohnomalar aniqlanib, fuqarolarga ham amaliy, ham huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib, borilmoqda.
Xususan, adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davomida 15 mingga yaqin hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Idoralararo integratsiyalashuv amalga oshirilayotgan bir davrda fuqarolarga tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim haqidagi guvohnomalarni ramiylashtirib berilishi va axborot tizimlariga kiritilishi, albatta fuqarolarga tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishida, ma’lumotlar almashinuvida yuzaga keladigan muammolarni oldi olinadi.
FHDY bo‘limlari tomonidan mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida davom ettirilib, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolar aniqlanmoqda, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Olis hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, uyma-uy yurish, shuningdek oila va xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davomida yoshlarni oilaga tayyorlash, ajrimlarni odini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o’rnida:Qashqadaryoda Joriy yilning 6 oyi davomida tuman (shahar) FHDY boʻlimlari tomonidan 43 582 ta tugʻilish qayd etilgan boʻlib, shundan 23 032 tasi oʻgʻil bolalar, 20 550 tasi qiz bolalarni tashkil etadi.
Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirishlar kiritish ariza asosida 948 ta, sud qarori asosida 20 tadan iborat.
Tuman (shahar) FHDY boʻlimlari tomonidan 206 ta tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar onlayn berilgan arizalar asosida rasmiylashtirildi va tegishli manzillarga yetkazildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati