Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

#adliya_xabari


#Adliya_xabari

“Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining ushbu (441-son, 23.07.2024 y.) Qarori bilan adliya organlariga O‘zbekiston Respublikasida huquqiy muhofazaga olingan intellektual mulk obyektlariga oid huquqbuzarlikni aniqlash yuzasidan savdo nuqtalarida (bozorlar, savdo do‘konlari, ko‘chma savdo shahobchalari, dorixonalar va boshqalar) realizatsiya qilinadigan tovarlarni xarid qilish vakolati berildi.

Intellektual mulk sohasida nazorat xaridi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi va bu tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekshiruv oʼtkazish hisoblanmaydi.

Nazorat xaridi bu borada yuzaga keladigan asoslarga koʼra rejali va rejadan tashqari tarzda oʼtkaziladi. Shuningdek, Nazorat xaridi kassa cheki yoki belgilangan shakldagi toʼlov amalga oshirilganligi haqidagi boshqa hujjat rasmiylashtirilganda amalga oshirilgan hisoblanadi.

Nazorat xaridida olingan tovarlar boʼyicha intellektual mulkka boʼlgan huquqlar buzilishi holatiga huquqiy baho berish maqsadida Tovarlarni oʼrganish amalga oshiriladi hamda qonunbuzilish holati aniqlansa, adliya organi tomonidan huquq egasiga bu toʼgʼrisida uch ish kuni ichida xabar qilinadi. Xabardor qilingan huquq egalaridan tegishli holat boʼyicha chora koʼrish haqida murojaat kelib tushsa, u qonunchilikda belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi.