Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Zukko kitobxon"


#zukko_kitobxon

Adliya vazirining 2024-yil 27-martdagi 100-um sonli buyrug‘iga asosan  tuman va shaharlardagi  mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichda tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar ishtirok etdilar.

Tanlov ikki yo‘nalishda:
birinchi yo‘nalish – intellektual o‘yin;
ikkinchi yo‘nalish – asar tahlili shaklida o‘tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni Qamashi tumani vakili Elnura Norboyeva egallab televizor bilan, 2-o‘rinni Koson tumanidan  Rayxona Oblaqulova egallab book reader bilan, 3-o‘rinni Yakkabog' tumani vakili Iroda Qudratova egallab smart soat bilan taqdirlandi.

Nominatsiyalar bo‘yicha:

Xayrullayev Davronbek Xayrulla o‘g‘li - “Eng yaxshi notiq”;

Sattorova Xulkaroy To‘ra qizi - “Eng yosh kitobxon”;

Shodiyeva Xumora Anvar qizi - “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz: tanlovning yakuniy - Respublika bosqichi joriy yilning 19-20-avgust kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tadi. Tanlovda Qamashi tumani vakili viloyatimiz sha'nini himoya qiladi.