Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

ADLIYA OLIS HUDUDLARDA


Uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 20 yillik muammoga huquqiy yechim topildi

Viloyat markazidan 200 km tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan "Tarqabchig'oy" qishlog'iga borgan odam uning guzal tabiatiga, yuksak tog'lariga mahliyo bo'lishi aniq.

Ammo masofaning uzoqligi fuqarolarda davlat xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni birmuncha qiyinlashtiradi. Islohotlar doirasida adliya xodimlari uyma -uy yurib aholining muammolarini bir muncha yengillashtirmoqdalar.

Dehqonobod tuman FHDY hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan sayyor xizmatlar natijasida bugun Tarqabchig'oy" qishlog'i aholisi adliya xodimlaridan minnatdor.

Sababi 20 yildan buyon yechimini topmayotgan muammo tez orada mas'ullar tomonidan hal etildi.

"20 yildan beri xo'jaynim bilan  sha'riy nikoh asosida yashab kelamiz, xo'jaynim cho'pon shahar markaziga borishga vaqtlari yo'q, men ro'zg'ordan ortib hujjat uchun borishga e'tiborsizlik qildim, mana 20 yil ham o'tib ketibdi. Adliya xodimlarini uyimizga kelib bizga yordam beradi deb o'ylamagandim, rahmat mas'ullarga"-deydi: fuqaro Fazilat opa To'raxonova.

Aholining muammolarini uyma-uy o'rganish jarayonida 16 nafar fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjati yo'qligi hamda muddati o'tib ketgan hujjatlar xatlovga olindi.

Shuningdek, adliya mas'ullari tomonidan qishloq aholisiga huquqiy muammolar yuzasidan  tushuntirishlar berilib, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilindi.