Янгиликлар
12
Viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlar, mas‘ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 76 - sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida 2024-yilning 6 oyi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevni hisoboti tinglandi.
Hisobotda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlab, ularni tahlil qilgan holda bartaraf etish bo'yicha amaliy choralar ko'rib borish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish haqida ham aytib o'tildi.