Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

ADLIYA TOMONIDAN UYMA - UY YURISH DAVOMIDA AHOLIGA BIRLAMCHI 2028 TA HUQUQIY YORDAM KO'RSATILDI


#ADLIYA_RAQAMLARDA

ADLIYA TOMONIDAN  UYMA - UY YURISH DAVOMIDA AHOLIGA BIRLAMCHI 2028 TA HUQUQIY YORDAM KO'RSATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan,  viloyatda mavjud 828 ta MFY larda 740  mingga yaqin xonadonlar bo'lib, adliya bo‘limlari tomonidan Farmon qabul qilingan kundan boshlab hozirgi kunga qadar jami 409 ta MFY hududida uyma-uy yurildi va 2736 ta  xonadonlarlardagi muammolar o‘rganildi.

Shuningdek, 461 ta huquqiy muammolar yuzasidan o'rganish o'tkazish uchun qabul qilinib, ularning ijrosi bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Uyma-uy yurish davomida aholiga birlamchi 2028 ta huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan 46 ta huquqiy hujjat loyihalari tayyorlab berildi.

Bundan tashqari, DXM lar tomonidan 1002 ta, FHDY bo'limlari tomonidan 153 ta sayyor davlat xizmatlari  ko‘rsatildi.