Янгиликлар
03
Shayxali” shaharchasida huquqiy muammolar o‘rganilib bartaraf etilmoqda
“Shayxali” shaharchasida huquqiy muammolar o‘rganilib bartaraf etilmoqda
Bugun Qarshi shahrining "Shayxali" shaharchasida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi F.Tojiyev hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, joylarda aholi murojaatlari oʻrganildi.
Qarshi shahrining “Shayxali” shaharchasida 6215 nafar aholi istiqomat qiladi. Ushbu aholiga Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda viloyat adliya boshqarmasi vakillari huquqiy masalalarda yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida uyma-uy yurib aholining ko‘plab huquqiy masalalari o‘rgandi.
Tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 dan ortiq xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammolar bo‘yicha maslahatlar berildi. 10 dan ortiq muammolar ko‘rib chiqish va hal etish uchun murojaat sifatida ish yurituvga olindi.
Xususan, sayyor qabul davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan , bolalar nafaqasiga, ERI kalit , Mobil ID, kadastr, arxiv ma'lumotini olish kabi 30 ga yaqin xizmatlar ko'rsatildi.