Янгиликлар
02
Ishchi guruhning navbatdagi manzili Chiroqchi tumani
#adliya_uyma_uy
Ishchi guruhning navbatdagi manzili Chiroqchi tumani
????Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
????Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i Furqat Tojiyev hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari, Chiroqchi tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Olmazor” hamda "Halqobod" mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
✅ Shuningdek mahalla yettiligi bilan suhbat o'tkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
????Uyma-uy yurish natijasida 4 ta murojaatlar adliya boʻlimi ish yurituviga qabul qilindi.