Янгиликлар
20
KASBIDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
KASBIDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
Kasbi tuman adliya boʻlimi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi Oqqamish, Do‘stlik, Mug‘lon, Tinchlik va Xo‘jakasbi MFYda yashovchi fuqarolar uchun "Adliya kuni" va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻz. Res. Prezidentining PF-80-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori va boshqa ko'plab qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o'rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, erta nikoh hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish va ularni vujudga keltiruvchi sabablarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida DXM va FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan fuqarolarga bir qancha sayyor xizmatlar koʻrsatildi.