Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.




Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab, Muzraf Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi Farmoni ijrosi, shu jumladan, mazkur Farmon doirasida tashkil etilgan “NNTlar uylari” hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

So‘ngra, viloyatning faol NNTlar rahbarlari bilan uchrashib, NNTlarni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi, joyida hal etish choralari ko‘rildi hamda NNTlar taklif va mulohazalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida  Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari maqsadli yo‘naltirilayotganligi holati bilan tanishish, ajratilayotgan grant va ijtimoiy buyurtma mablag‘lari barcha sohani qamrab olayotganligi yoki qamrab olmayotganligi holatini o‘rganildi.

Muloqot chog‘ida NNTlar bilan mahalliy mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari o‘rnatilganligi yuzasidan ma’lumot olindi.