Янгиликлар
10
ADLIYA VAZIR O'RINBOSARI M.IKRAMOV XIZMAT SAFARI BILAN QASHQADARYODA
ADLIYA VAZIR O'RINBOSARI M.IKRAMOV XIZMAT SAFARI BILAN QASHQADARYODA
Vazir o'rinbosari M.Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo'lib turibdi. Dastavval M.Ikramov Qarshi shahri adliya bo'limi bilan yaqindan tanishdi.
Vazir o'rinbosari adliya organlari aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilishi kerkligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.
"E- huquqshunos" bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.
FHDY bo'limi xodimlari sohaga ois qonunchilikka o'zgartirish va tuzatish kiritish yuzasidan o'z takliflarini bildirdi.
Shu kuni Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Vazir o'rinbosari M.Ikramov markaz xodimlari bilan samimiy muloqot qildi.
Shuningdek, viloyatning 8 ta tumanida sayyor qabullar ham tashkil etilib, aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda.