Янгиликлар
12
Qarshi tumanida sayyor qabul o'tkazildi
Qarshi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Qarshi tumanidagi "Ravot" mahallasida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning tug'ilganlik guvohnomasini qayta tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sog‘liqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.
Bundan tashqari, tadbir davomida 3 nafar fuqarolarga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomasi hamda 1 nafar fuqaroning nikoh guvohnomasi qayd etildi.