Янгиликлар
03
Olis hududlarda sayyor qabul
OLIS HUDUDLARDA SAYYOR QABULLAR
Qarshi shahar adliya bo'limi, YUXKM,FHDY hamda DXM xodimlari tomonidan Qarshi shahar, G'uzor, Ko'kdala,Qamashi,Muborak hamda Shahrisabz tumanlarida joylashgan olis mahallalarda sayyor qabullar o'tkazildi.
Qabul jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalaring mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida"gi farmoni va Vazirlar Mahkamasinining "Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori yuzasidan tushuntirish berildi.
Sayyor qabulda 70 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan 30 ta murojaat qabul qilindi, 10 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.