Янгиликлар
29
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi
Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7424) mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi.
Huquqiy targ'ibot kunida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
➖“Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish;
➖aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta'minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo'yicha tizimli huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish;
➖kundalik hayotda eng ko'p zarur bo'ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to'g'risida huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish.