Янгиликлар
17
SHAHRISABZ YOSHLARI UCHUN MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
SHAHRISABZ YOSHLARI UCHUN MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Shahrisabz shahridagi aholi hamda yoshlarni ishsiz qatlami uchun ularni munosib ish oʻrni bilan taʼminlash maqsadida Shahrisabz shahar adliya boʻlimi tashabbusi koʻra, shahar aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi bilan hamkorlikda 2024-yilning 17-may kuni Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyi maʼmuriy binosida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan yarmarkada 20 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 100 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi 40 ta MFYlardan 100 dan ortiq ishsiz yoshlar ishtirok etib, shulardan 7 nafari “Hisor gidro qurulish” MCHJ hamda 3 nafari “Hisor mebel” MCHJga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, 30 dan ortiq ishsiz yoshlarning kasb-hunarga qiziqishidan kelib chiqib, ularga shahardagi mavjud kasb-hunar maktablariga yoʻllanmalar berildi.