Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya vaziri yoshlar bilan muloqot qildi


Adliya vaziri yoshlar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqotda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ham faol ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot ikki qismdan iborat shaklda o‘tkazildi. Birinchi qismda vazirlik rahbariyatining nutqlari tinglandi. Bunda   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, ko‘rsatmalar haqida tushuntirish berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida tizimda ishlovchi yosh xodimlar Farmon yuzasidan o‘zlarining fikrlari va takliflarini bildirdilar. Shu bilan birga soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Adliya vazirligi rahbariyatidan batafsil javob oldilar.