Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

OPA SINGILLLARNING KO'P YILLIK ORZULARI USHALDI




OPA SINGILLLARNING KO'P YILLIK ORZULARI USHALDI

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani olis hududlaridan biri bo'lgan "Shirinobod" mahallasida yashovchi opa -singil Boymuratovalarning  tug'ilganlik guvohnomalari yo'qligi sababli ta'lim olishda muammolarga duch kelishdi.

Nishon tumanida yashovchi  Oysahat opaning 18-hamda 15 yoshli qizlari Muhabbat va Muhayyolar shu kunga qadar hujjatsiz yashab kelishayotgan edi.
Nishon tuman FHDY bo'limi tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullar davomida qizlarning hujjati yo'qligi aniqlandi.

Tuman FHDY bo'limi tomonidan kerakli hujjatlar to'planib, guvohnomalar o'z egalariga topshirildi. Vaqtida olinmagan hujjatlar keyinchalik katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini o'ylamagan Oysahat opaning ko'zida quvonch chunki farzandlarini oliy ma'limotli  bo'lishini qaysi ota- ona xoxlamaydi deysiz.