Янгиликлар
15
KITOB TUMANIDA YOSHLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
KITOB TUMANIDA YOSHLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 14-may kuni "Bolalar va yoshlarni huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Kitob tuman adliya bo'limi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda "tuman adliya bo'limiga biriktirilgan" 4-sektordagi yoshlar uchun Davlat xizmatlari markazi binosida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan yarmarkada 10 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 100 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Zarur mutaxassisliklar va sohalar haqida aniq maʼlumotlar berildi. Xorijiy korxona, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, xalq taʼlimi, hunarmandchilik, xususiy korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilindi.