Янгиликлар
13
YOSHLAR MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
YOSHLAR MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 11 -may kuni Shahrisabz tuman adliya bo'limi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tuman adliya bo'limiga biriktirilgan 4 - sektordagi yoshlar uchun 1-sonli kasb- hunar maktabida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan yarmarkada 15 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 30 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Zarur mutaxassisliklar va sohalar haqida aniq maʼlumotlar berildi. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, moliya, kredit, hunarmandchilik, sugʻurta, xususiy korxonalar yoʻnalishlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilindi.