Янгиликлар
10
QARSHI TUMANIDA SAYYOR QABUL
Qarshi tuman "Mirmiron" mahallasi binosida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Alisher Isoqov tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar hamda "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida bo'lib o'tdi.
Muloqotlar davomida boshqarma boshligʻi o'rinbosari fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 20 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.
Ushbu sayyor qabulda fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar tinglanib, ularning 10 dan ortigʻiga huquqiy tushuntirish berish orqali yordam koʻrsatildi hamda 10 ga yaqin murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.