Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

37 YOSHIDA O'ZBEKISTON FUQAROSI BO'LDI


37 YOSHIDA O'ZBEKISTON FUQAROSI BO'LDI

Kitob tuman "Bo'ston" mahallasida yashovchi fuqaro Inomjon Nabiyev O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligi sabab Kitob tuman tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

 1986-yil Tojikiston Respublikasida tug’ilgan fuqaro , 2000-yilda ota-onasi bilan birga doimiy yashab qolish uchun Kitob tumaniga  ko’chib keladi. Lekin yillar davomida O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishda muammo bo'lib kelgan.

Adliya aralashgach: Fuqaro I.Nabiyevning manfaatlarini ko‘zlab, 2000-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan ariza to‘liq qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, I.Nabiyevni 2000-yildan buyon doimiy yashaganlik fakti belgilanib, unga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi olib berildi.