Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“IJRO INTIZOMI - SAMARADORLIK OMILI”


Joriy yilning  12 - mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan  Hisob palatasi bilan birgalikda “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida ZOOM platformasi orqali seminar-trening tashkil etildi. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni bilan mamlakatimizda ijro intizomini mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishning yagona va uzluksiz tizimi yaratilgan.

Adliya vazirligi va Hisob palatasi hamda boshqa masʼullar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni xodimlarga yetkazish va hududlarda ijrosini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Tadbir davomida soha vakillari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.