Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

AKSIYADA 20 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI


AKSIYADA 20 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI

Nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilgan muqaddas qonunlaridan biri bo‘lib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug‘chilik, mehr-oqibatni mukammal bo‘lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi.

Agar u qonuniy hujjatga ega bo‘lsa yana-da imkoniyatlari kengayadi. Oila qo‘rg‘oni mustahkam bo‘ladi.

Shahrisabz tumanida yashovchi Xasanovlar oilasi 20 yildan buyon baxtli  yashab kelishadi. Oilaviy muammolar sabab vaqtida olinmagan nikoh hujjati oilada ba‘zi muammolarni keltirib chiqaradi. 

Oila boshi sarsongarchilkdan qochib olmagan hujjatini aksiya doirasida FHDY xodimlari aniqlab, sayyor tartibda uylariga yetkazishdi.

Shu kuni 18 yildan buyon nilkohdan o‘tmagan G‘aniyevlar oilasining nikohi ham sayyor tartibda qonuniy qayd etildi.