Янгиликлар
21
HUQUQIY AXBOROT KUNI
HUQUQIY AXBOROT KUNI
Viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari tashki etib kelinmoqda.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Xudoyzod va Nuriston MFY hududidagi 1 hamda 34 - sonli umumtaʼlim maktabining oʻquvchilari oʻrtasida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirida yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek,Yuridik texnikum o'quvchilari viktorina hamda testlar oʻtkazilib, gʻolib boʻlganlarga esdalik sovgʻalari tarqatildi.
Targʻibot tadbiri koʻtarinki kayfiyatda davom etdi, tadbir soʻnggida oʻquvchilarga huquqiy bukletlar tarqatildi.