Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"SHAYXALI" shaharchasida   yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi



#Ziyo_ulash 

"SHAYXALI" shaharchasida   yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi.

Bugun, 14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni  munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.

Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.

Xususan, Qarshi shahrining "Shayxali"shaharchasida  kutubxonaning  ochilishi mahalla yoshlarini yanada quvontirdi.

Qarshi shahar adliya, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish marlazi hamda davlat xizmatlari markazi  jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 

Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.