Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

88 YOSHLI ULDON MOMOGA NAFAQA TO'LANADIGAN BO'LDI




88 YOSHLI ULDON MOMOGA NAFAQA TO'LANADIGAN BO'LDI 

Dehqonobod tuman  FHDY  bo'limi  xodimlari tomonidan "Dehqonobod" MFY  da xatlov olib borilganda,  1935-yilda tug'ilgan fuqaro  U.Qurbonsayitova  momo 3-oydan buyon nafaqa  olmayotganligi haqida murojaat qildi.

 Ma'lum bo'lishicha guvohnomasida muammo bo'lganligi bois fuqaroning nafaqasi to'xtatilgan .

Mas'ullar tomonidan Uldon momoning murojaati o'rganilib, tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi qayta tiklanib, rasmiylashtirildi.

FHDY xodimlari tomonidan sayyor tartibda guvohnomasi fuqaroning uyiga yetkazib berildi. Endi fuqaro uzilib qolgan nafaqasini yana ola boshlaydi.