Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Bir oilaga 4 ta tugʻilish guvohnomalari topshirildi.



#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Bir oilaga 4 ta tugʻilish guvohnomalari topshirildi.

G'uzor tuman FHDY bo'limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida hujjat ololmagan, hujjatlaridan ayrilgan yuzlab fuqarolarga  xursandchilik ulashilmoqda.  

Bugun ham mas'ullar G'uzor tumanidagi "Jinhaydar" qishlog'ida yashovchi  7 nafar fuqarolarga tug'ilganlik guvohnomasini topshirishdi. Uzoq yillar davomida e'tiborsizlik sababli olinmagan hujjatlar aksiya doirasida ijobiy hal etildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi davomida Yoraliyevlar oilasiga nikoh hamda 4 nafar farzandiga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomalar  yashash xonadonida tantanali topshirildi.