Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryodagi mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil qilindi.


Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshlab berdi.

Vazirlik tomonidan respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berildi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad mamlakatimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni
qoʻllab-quvvatlashdir.

Aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi ham Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi “Yangiqishloq” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etishdi.

Boshqarma jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 400 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbirda taniqli xonandalar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi anʼanani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

Barcha yurtdoshlarimizni “ziyo_ulash” chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!