Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Deputatlar, mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim masalalar o‘rtaga tashlanib, qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2024 yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash, viloyat prokurorining 2023 yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhoafaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarning hisobotlari tinglandi.