Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Olimpiada




Bugun Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bilimli va iqtidorli o'quvchi-yoshlarni aniqlash, ilm olishga intiluvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida o'quvchlari o'rtasida "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning hududiy bosqichi o'tkazildi.

Hududiy bosqich 2 bosqichda tashkil etib, 1-bosqichda o'quvchilar Konstitutsiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 25 tadan test savollarini ishlab, 2-bosqichda esa nazariy savollarga javob yozishdi.

Olimpiada nizom talablariga muvofiq, ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda tashkil etilib, hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

Konstitutsiyaviy huquq fanidan:
????????-o'rin: 102-23-guruh o'quvchisi Sayfullayeva Durdona Muzaffar qizi-70 ball;
????????-o'rin: 101-23-guruh o'quvchisi Narzullayev Javohir Tulqin o'g'li-59 ball;
????????-o'rin: 102-23-guruh o'quvchisi O'roqova Muxlisa Davlat qizi-56 ball.

Mehnat huquqi fanidan:
????????-o'rin: 201-22-guruh o'quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi-78 ball;
????????-o'rin: 205-22-guruh o'quvchisi Tillayeva Nafisa Sirojiddinovna-75 ball;
????????-o'rin: 201-22-guruh o'quvchisi Salimjonova Sevinch Ravil qizi-73 ball.

Konstitutsiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 1-o'rin sohibalari Respublika bosqichida qatnashish baxtiga muyassar bo'ldilar.