Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

#hech_bir_shaxs_xujjatsiz_qolmaydi


Qashqadaryo viloyat  viloyat adliya organlari tizimida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi Shahrisabz tumanidan 20 km uzoqlikda joylashgan "Shanbe" mahalla fuqarolar yig'inida  bo'lib o'tdi.

Aksiya doirasida o'tkazilgan sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshlig'ining  o'rinbosari va mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Shu kuni 7 nafar fuqaroning hujjati sayyor tartibda o'z egalariga topshirildi.

Qabulda fuqarolarning maishiy va huquqiy masalalari tinglanib,ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan kadasr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy ta'miri va bandlik masalasida murojaat qilganlarga tegishli tartibda huquqiy ko'mak ko'rsatildi.

Aholi bilan muloqotdan so'ng, mas'ullar tuman adliya bo'limi va muassasalar faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud kamchiliklarni ko'zdan kechirildi.