Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi Bugun viloyat adliya boshqarmasida  yuridik texnikum talabalari ishtirokida adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu


Ochiq_adliya

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Bugun viloyat adliya boshqarmasida  yuridik texnikum talabalari ishtirokida adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Talaba yoshlar tarkibiy bo‘linmalarda ish jarayonining borishi, situatsion markaz faoliyati bilan tanishuv asnosida Kadrlar bo'limi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, norma ijodkorligi, huquqiy axborotni tarqatish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Eng muhimi, ular Adliya  vazirligining 100 yillik tarixi va bugungi adliya to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldi.