Янгиликлар
24
Boshqarma boshlig'i Yuridik texnikum yoshlari bilan uchrashdi
Boshqarma boshlig'i Yuridik texnikum yoshlari bilan uchrashdi
Joriy yilning 23- yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i O'.Ostanov ishtirokida "Yuridik kasb va yoshlar" mavzusi doirasida yuridik texnikum o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy suhbat asosida tashkil etilgan uchrashuvda boshqarma boshlig'i O'. Ostanov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor va imtiyozlar to‘g‘risida faxrlanib so‘zladi.
Yoshlarning madaniy-ma’rifiy bilimlarini oshirish uchun kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish zarurligi va ularni markaziy milliy kutubxonaga a’zo qilishga, loyihalashga zamonaviy chet el texnologiyalarini joriy etish uchun chet tilini mukammal bilishlariga va sog‘lom bo‘lishlari uchun doimo ravishda sport bilan shug‘ullanishlariga undadi.
Tadbir davomida ishtirokchi yoshlar bugungi rivojlangan davrdagi oʻzlarining pozitsiyalari bilan oʻrtoqlashdi hamda qiziqtirgan savollariga mutaxassislar yordamida javoblar olishdi.