Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ijro intizomi – samaradorlik omili


Bugun, 19-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi va viloyat adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda viloyat davlat organlari va tashkilotlarining 100 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Ta‘kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni bilan mamlakatimizda ijro intizomini mustahkamlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini tashkil etishning yagona va uzluksiz tizimi yaratilgan.

Adliya boshqarmasi  mas'ul hodimlari va boshqa mas‘ullar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni xodimlarga etkazish va hududlarda ijrosini tashkil qilish, bu borada jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida soha vakillari ozlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar hamda ijro intizomini yana-da oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.