Янгиликлар
05
Fuqaro bir vaqtning oʼzida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?
#So'ragan_edingiz
‼️ Fuqaro bir vaqtning oʼzida ikki turdagi pensiyani olishi mumkinmi?
Аyrim holatlarda fuqarolarda bir vaqtning oʼzida ikki turdagi pensiyani olish uchun huquqi paydo boʼladi.
❔ Bunday vaziyatlarda fuqarolarga qanday pensiya tayinlanadi?
???? “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi qonunning 4-moddasiga koʼra, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega boʼlgan fuqarolarga ularning oʼzlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.
✅ Yaʼni, agar fuqarolarda ikki yoki undan ortiq pensiyani olish uchun huquq paydo boʼlganda, yuqoridagi Qonun moddasiga asosan, fuqaroning tanlovi bilan faqat bitta turdagi pensiyani olishi mumkin boʼladi.