Янгиликлар
13
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi o‘zgarishlariga oid seminar o'tkazildi
Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi o‘zgarishlariga oid seminar o'tkazildi
Bugun viloyat hokimligida yangi tahrirdagi mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar va unga kiritilgan yangi normalar mazmun mohiyatini tushuntirish hamda mas'ullarning sohaga oid bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali, viloyat Sudi va Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda malaka oshirish seminari tashkil etildi.
Seminarda viloyat hokimi Murotjon Azimov, tuman (shahar) hokimliklari, prokuratura, sud, adliya va boshqa bir qator viloyat boshqarmalari rahbariyati hamda ularning kadrlar va yuridik bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, ishtirokchi xodimlarga ishga qabul jarayonida tayyorlanadigan meʼyoriy hujjatlar, mehnat intizomi va intizomiy jazolar qo‘llash tartibi, davlat organlari va tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish to'g'risida hamda kadrlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish maqsadida ishga tushirilgan hrm.argos.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, savol-javoblarga boy bo'lgan seminarda qatnashchilar o'zlarining bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishdi.