Янгиликлар
05
Huquqiy targʻibot aʼlochilari aniqlandi
Huquqiy targʻibot aʼlochilari aniqlandi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot boʻyicha bosh maslahatchisi Sattarova Nilufar Alimovna Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun“Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Adliya boshqarmasi jamoasi N.Sattarovani mazkur e'tirof bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur koʻkrak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.