G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikalarda IT-hamshiralar bo‘lib ishlovchi hamshiralar tuman adliya bo'limiga PQ-5124-sonli qaror bo‘yicha 100 foizlik ustamalar birlashma tomonidan to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, ustama pullarini to‘lab berilishida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilishdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumani sudiga G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadagi IT operator hamshirasiga mas’ul bo‘lgan 13 nafar xodimlar 246 592 800 so'mlik qo‘shimcha 100 foizli ustama pullarini undirib berish yuzasidan kiritilgan da'vo arizasi bo'yicha Fuqarolik ishlari bo'yicha G'uzor tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko'ra tuman tibbiyot birlashmasidan undirib berish ta'minlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati