Янгиликлар
24
Jinoyatlarni oldini olishga barchamiz mas'ulmiz
Jinoyatlarning oldini olishga barcha birdek mas'ul
Joriy yilning 23-24- noyabr kunlari Dehqonobod tumani hamda Qarshi shahri adliya bo'limi tomonidan mahallasi jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Hududiy adliya bo‘limi, ichki ishlar, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan mazkur mahallada tashkil qilingan tadbirlarda aholini qiynayotgan muammolarni manzilli hal etish, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadiga qaratildi.
Muloqot davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki jamoatchilikning dolzarb vazifasi ekanligi, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kildandi.
Shuningdek, fuqarolarga huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.