Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik



Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik

Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lvmot uchyn: BAA hukumati tomonidan milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini ta'minlashda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib taqdirlash maqsadida 2009-yildan buyon “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi har ikki yilda bir marta amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda ham BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda joriy yilda birinchi marta “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi amalga oshirildi.

Dastyrda 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominasiya (3 ta institusional va 5 ta individual) bo‘yicha ishtirok etdi.
  
Baholash natijalariga ko‘ra Adliya vazirligi:
"Namunali vazirlik" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
 "Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
"Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik" nominatsiyasida 1- o‘rinni egalladi.

Shuningdek, "Namunali vazir o‘rinbosari"  nominatsiyasida adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligining bo‘lim boshlig‘i Otabek Haqberdiyev "Namunali ixtisoslashgan xodim" nominatsiyasining sovrindori bo‘ldi.

Ushbu yuksak va sharafli xalqaro e'tirof Adliya vazirligining 10 mingga yaqin xodimlari faoliyat yurituvchi jamoasining mashaqqatli va sharafli mehnati natijasi hisoblanadi. Adliya organlari xalq xizmatida sidqidildan faoliyat yuritishda davom etadi.

@adliyangiliklari