Янгиликлар
09
HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASI KUNI
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda "Huquqbuzarlik profilaktikasi" kuni doirasida Qarshi tumandagi "Qizil" toifaga kiruvchi "O‘zbekiston Mustaqilligi" mahallasida hamda "Madaniyat saroyida" targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
.png)
Tadbirda JIB Qarshi tuman sudi, tuman adliya bo‘limi, hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, mahallalar aholisi va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida viloyat prokurorining o‘rinbosari Rustam Xayitov, viloyat adliya boshqarma boshlig'i o'rinbosari Jaxongir Zoxidov, viloyat IIB mas’ul xodimi Mexroj Tilyaevlar tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchilikning har qanday ko‘rinishlarga murosasizlik muhitini yaratish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik va ularning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.
.png)
Shuningdek viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilib,ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuv davomida mahalla beshligi uchun “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, huquq profilaktika inspektorining asosiy vazifalari hamda ularning ko‘magida fuqarolarga yaratilgan moddiy yordam, imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha” qo‘llanma va bukletlar