Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish kiritildi


Oʻzbekistonda metrologiya xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish hamda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning ushbu sohada faol ishtirok etishi uchun koʻproq imkoniyatlar berish zarurati yuzaga kelmoqda.

OʻRQ–872-son Qonun bilan «Metrologiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻlchash vositalarini qiyoslash xizmatlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan koʻrsatilishini, oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini, shuningdek metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Ushbu Qonun metrologiya sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga va faol raqobat muhiti shakllantirilishiga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun matni bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.