Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

ADLIYADA KITOBXONLIK


Har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e‘tibor berilgan.

Bugungi tadbirda ham yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi , Saido Nasafiy nomidagi viloyat kutubxonasi, tuman yoshlar agentligi bo‘limi hamda o‘quvchi yoshlar bilan hamkorlikda Ko‘kdala tuman davlat xizmatlari markazida   “Adliyada kitobxonlik” tadbiri tashkil etildi. Tadbir boshida viloyat kutubxonasi tomonidan Amir Temur haqidagi badiiy asarlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng boshqarma va tuman yoshlar agentligi tomonidan Huquqiy  Viktorina tashkil etildi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga adliya boshqarmasi va tuman yoshlar agentligi bo‘limining esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida viloyat kutubxonasi tomonidan davlat xizmatrlari markazi uchun badiiy asarlar sovg‘a qilindi.