Янгиликлар
06
FERMERLARGA 280 MILLONDAN ORTIQ PAXTA PULLARI UNDIRIB BERILDI
FERMERLARGA 280 MILLONDAN ORTIQ PAXTA PULLARI UNDIRIB BERILDI
Yakkabog‘ tumanidagi “Yangiqo‘rg‘on iftixori” va “Usta berdi” fermer xo‘jaliklari rahbarlari “Oq saroy klaster” mas‘uliyati cheklangan jamiyatidan paxta terimi uchun to‘lanmay qolgan haqlarini undirishda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishdi.
Yakkabog‘ tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish natijasida yuqoridagi fermer xo‘jaliklari manfaatida “Oq saroy klaster” mas‘uliyati cheklangan jamiyati hisobidan shartnomadan kelib chiqqan paxta terimi uchun beriladigan haq vaqtida to‘lanmagani aniqlandi.
Adliya aralashgach: Fermerning terom haqqini undirish to‘g‘risida Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga da‘vo arizasi kiritilib, “Yangiqo‘rg‘on iftixori” va “Usta berdi” fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 285 388 000 so‘m undirildi.