Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatdagi adliya tuzilmalari faoliyatini o‘rgandi


Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatdagi adliya tuzilmalari faoliyatini o‘rgandi

Bugun Adliya vaziri Akbar Toshqulov Ko‘kdala, Qamashi va Nishon tumanlaridagi adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish hamda davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyati, binolarda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Ma‘lumot uchun: joriy yil 9 oyida viloyatdagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan 800 mingga yaqin xizmatlar ko‘rsatilib, shundan 84 mingdan ziyodi ushbu tumanlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Akbar Toshqulov tizim xodimlari bilan davlat xizmatini ko‘rsatish samaradorligini yana-da oshirish, amaliyotda duch kelinayotgan muammo va kamchiliklar hamda ularning echimi masalasida muloqot qildi.

Shuningdek, adliya vaziri huquqiy xizmatlardan foydalanish uchun kelgan fuqarolarning murojaatini ham tinglab, ko‘tarilgan masalalar echimi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.