Янгиликлар
Huquqiy axborot bo'limi
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot yo‘nalishi bo‘yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 9-oyi davomida boshqarmasining huquqiy axborot yo‘nalishi bo‘yicha 865 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ulardan 158 ta og‘zaki, 678 ta ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot tadbirlari tashkillashtirilgan.
Shuningdek, tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida 29 turdagi, 620 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot materiallari tarqatilishi ta’minlandi.
Boshqarmasining huquqiy axborot yo‘nalishi bo‘yicha 9-oyi davomida turli xil aksiyalar, viktolrinalar, tanlovlar va boshqa targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xususan,
- #Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan"
- “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz”
- “Inson huquqlari oliy qadriyat”
- “Huquq taksi”
- #AdliyagaRahmat, #OchiqAdliya, #Adliyada1kun
- “Iste’molchi – adliya himoyasida”
- “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga markazlar tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi”
- Xodimlarni (voyaga yetmaganlar) majburiy mehnatga jalb etish holatlarini oldini olish bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilish hamda hal etish
- “Soliq to‘lovchilarga huquqiy yordam” va boshqa bir qator huquqiy aksiyalar o‘tkazildi.
- "Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida" nomli she’riyat tanlovi va boshqa targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ijtimoiy tarmoqlaridan samarali tarzda foydalanilmoqda.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasining qashqadaryo.adliya.uz rasmiy veb-sayti, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanali va “facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali har kuni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ahamiyati yuzasidan annotatsiya va infografikalar, aholini qiziqtiradigan masalalar yuzasidan savol-javoblar, so‘rovnomalar, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar, qanoatlantirilgan murojaatlar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari yoritilishi ta’minlandi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali viktorina shaklida “bilasizmi” rukni, so‘rovnomalar, huquqimni bilaman radio eshitirish va ovozli habarlar, postlar, videoroliklar, qisqa kontentlar, inforgafika va boshqalar yoritilishi ta’minlandi.
Viloyat teleradiokompaniyasi va Qarshi shahar “Nasaf tv” bilan hamkorlikda “Savol bering, javob beramiz” rukni orqali har haftada boshqarmada savol-javoblar tayyorlanib televidenie orqali yoritildi.
Markaziy va mahalliy televidenielar orqali “Sevimli”, “Zo‘r tv” va “O‘zbekiston 24” telekanallari bilan hamkorlikda “Adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar”, “Bir murojaat izidan” va boshqa yo‘nalishdagi lavhalar tayyorlanib efirga o‘zatilishi ta’minlandi.
Viloyat “Oltin voha” radioasida “Inson va qonun”, “Qonun va ijro”, “Huquqimni bilaman” va boshqa eshittirishlar orqali intervyular tayyorlanib, efirga o‘zatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi.
Qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan viloyat va tuman (shahar) kesimida shtab tuzildi va “Mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
2023 yilning 9 oyi mobaynida, Qashqadaryo viloyatida mavjud 819 ta MFYlardan “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda
viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan “Mahallabay” va “Xonadonbay” asosida aholining muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari va sayyor qabullar o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 2023 yilning 9 oyi davomida viloyatdagi mavjud
819 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida jami 4 500 marotaba targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Shundan, og‘zaki huquqiy targ‘ibotlar 1 301 marotaba Ommaviy axborot vositari orqali jami 3 199 marotaba chiqishlar qilindi.