Янгиликлар
10
⚡️Kosoni tuman FHDY bo'limi tomonidan ham mahallabay ishlash tizimi orqali fuqarolarning ko'p yillik muammolariga yechim topilmoqda.
Kosoni tuman FHDY bo'limi tomonidan ham mahallabay ishlash tizimi orqali fuqarolarning ko'p yillik muammolariga yechim topilmoqda.
Joriy yilning 6-oktabr kuni tuman FHDY bo'limi tomonidan mahallarda aniqlangan fuqaro murojaatlarini bartaraf etish maqsadida tumanning "Sherbek" mahallasiga "O'zimiz keldik" shiori ostida sayyor xizmatlar tashkil etildi. SHu kuni mahallada yashovchi 2 nafar fuqaroning 18 yillik murojaati qabul qilindi.
Tuman FHDY bo'limi tomonidan 2005 - yilda tug'ilgan fuqaro S.Abdishukurov hamda N.Abdushukurovalarning tug'ilganlik guvohnomasi kerakli hujjatlar to'plangach, tantanali tarzda qayd etildi.
"Endi biz ham oliy ta'limga topshira olamiz, hujjatimiz yo'qligi sabab ancha joylarda sarson bo'lganmiz. bugun judayam xursandmiz" -deydi: fuqaro.