Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi.


Subsidiya olishga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar (https://lex.uz/uz/docs/4774086#5632877) asosida beriladi.

Hujjatga koʻra,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2.7 baravaridan (2 mln 646 ming soʻm) 8 baravarigacha (7 mln 840 ming soʻmgacha);

Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2.7 baravaridan (2 mln 646 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (9 mln 16 ming soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi

Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

(https://my.gov.uz/oz/service/325) Murojaatchi my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” boʻlimiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan soʻng javobda koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.