Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MEHNAT KODEKSI TARG'IBOTI




Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati turli tashkilotlar, muassasalar, oliy ta’lim dargohlarida, tadbirkorlik sub’ektlarida targ‘ibot qilinmoqda.

Joriy yilning 28 - sentabr kuni  Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri X.Fayziev,TDYU Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti M.Raximov , kafedra katta o`qituvchisi M.Karimjonovlar ishtirokida viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati, Kodeksni amaliyotda qo'llashda yuzaga kelayotgan muammolar bo'yicha boshqarmaning kadrlar bo'limi, huquqshunosi hamda rahbar xodimlariga  atroflicha tusuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shilganligi ham aytib o'tildi.